Ten Xag Angliya kubogi finalida Man Sitiga qarshi uchrashuv haqida gapirdi

Alisher
24 apr 2023, 09:52
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Erik ten Xag Manchester Sitiga qarshi bo'lib o'tadigan Angliya kubogi finali haqida fikr bildirdi.

Manchester jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 3 iyun, shanba kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Londondagi Uembli stadionida bo'lib o'tadi.

Ajoyib final bo'ladi, biroq biz hozir e'tiborimizni boshqa o'yinlarga qaratishimiz lozim. Biz ECHLga chiqishimiz kerak. Payshanba va Yakshanba kuni bo'lib o'tadigan o'yinlarga tayyor bo'lishimiz lozim. Biz joriy mavsumda ko'plab yaxshi o'yinlarda ishtirok etdik va biz keyingi bahslarda ham shunday o'ynay olishimiz mumkin,-dedi Erik ten Xag.


AlisherMuallif
Manba: championat.com