

"Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Xag yarim himoyachi Sofyan Amrabat jamoaga qaytishi mumkinligini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, transfer huquqi "Fiorentina"ga tegishli bo'lgan Amrabat o'tgan mavsumni manchesterliklar safida o'tkazib, APLning 21 ta o'yinida maydonga tushdi va samarali harakatlar qayd etmadi.
Shuningdek, Sofyan Amrabatga "Milan" tomonidan qiziqish borligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.



