Temur Olimxo'jaev: "Chiroyli o'yin ko'rsatish vazifasi bajarildi"

Narzulla Saydullayev
27 sen 2013
O'zbekiston U16 – Falastin U16 (9:0) uchrashuvidan so'ng o'smirlar terma jamoamiz bosh murabbiyi jurnalistlar savollariga javob berdi.
Temur Olimxo'jaev (O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ustozi): 
“Bugun xalqaro miqyosdagi birinchi o'yinimiz bo'ldi. Yigitlar berilgan vazifalarni bajarishdi. Yani vazifa chiroyli futbol ko'rsatish edi. Boisi bu tarkibni hali hech kim ko'rmagan edi”.

- Yaponiya o'smirlari Osiyo chempionatida ikkita o'yinda ikkita tarkibni sinab ko'rgandi.

- Qisqa muddatli musobaqada buni ko'rish kerak. Ayni paytda shu yoshdagi eng yaxshilari tanlab olindi.

- Bugungi o'yinda muammolar bo'ldimi?

- Albatta, o'yin davomida xatolar bo'lishi aniq. Buni o'yinni qayta ko'rib chiqqanimizda tahlil qilamiz.

- Darvozada muammo bordek ko'rindi, vaholanki aytarli hujum bo'lmadi.

- Kam hujum bo'lganidan keyin darvozabonga qiyin. Menimcha birinchi o'yin bo'lgani uchun hayajonlangan.

- 7-raqamdagi o'yinchi (Ko'chimov) to'pni o'zida ko'p saqlab turib raqiblarni ko'p aldab yubormadimi?

- Bizda bunday o'yinchi juda kam. Kuchi etgancha aldashga o'rganaversin. Katta bo'lgach keyin jismonan kuchaygan paytida pas oshirishni ham o'rganib oladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia