“Surxon” Superliga reglamentiga zid ravishda ish tutgani uchun “Dinamo” bilan o'yin Samarqandda o'tkaziladi

admin
6 iyul 2026, 17:29
Termizdagi “Surxon arena” stadioni maysasi ayanchli holatga kelib qolganligi tufayli, Liga mazkur stadionni Superliga uchrashuvlarini qabul qiluvchi stadionlar ro'yxatidan chiqardi.

O'z navbatida, “Surxon” Superliga reglamentiga zid ravishda rasmiy uchrashuv startiga 20 kun vaqt qolguniga qadar ham Superliga 13-turidan o'rin olgan “Dinamo”ga qarshi uchrashuv o'tishi rejalashtirilgan stadion masalasida Ligaga rasmiy taklif kiritmadi. Shundan kelib chiqib, mazkur bellashuv “Surxon” klubining nominal mezbonligi ostida Samarqanddagi “Dinamo” stadionida o'tkaziladi.

Ma'lumot uchun, Superliga joriy mavsumida xuddi shunday sabab oqibatida 3-tur doirasidagi “Mashal” - “Qizilqum”, 4-tur doirasidagi “So'g'diyona” - “Paxtakor” hamda 7-tur doirasidagi “Nasaf” - “Buxoro” uchrashuvlari raqib maydoniga ko'chirilgandi. “Surxon” - “Dinamo” bellashuvi bu borada hisob bo'yicha to'rtinchisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: pfl.uz