Superliganing 2 ta klubi Iroq terma jamoasi xavbekiga davogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2025
Iroq termasi tayanch yarim himoyachisi Safaa Hadi faoliyatini O'zbekiston chempionatida davom ettirishi mumkin.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

"Iroqlik Safaa Hadiga Superliganing ikkita klubi (biri Toshkent) jiddiy qiziqmoqda. 26 yoshli futbolchi Iroq milliy terma jamoasida 40 ta o'yin o'tkazgan. 

Haadi Rossiyaning "Krilya Sovetov" va Eronning "Traktor" klublarida ham o'ynashga ulgurgan", – deyiladi xabarda.

Hadi o'tgan mavsum Iroqning "Al Quva Al Javiya" jamoasi safida 35 o'yinda maydonga tushib, 2 ta to'p kiritgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/PenaltyNarzulla