

Ushbu o'yinda mezbonlar himoyachisi Elyor Orifov maydonga tushib to'liq o'ynagan edi. Aslida reglamentga binoan u diskvalifikaciya sabab o'yinni o'tkazib yuborishi lozim bo'lgan.
Chunki Orifov "So'g'diyona" - "Qo'qon-1912" (8-tur), "Nasaf" - "So'g'diyona" (9-tur), "So'g'diyona" - "Buxoro" (14-tur) va "Navbahor" - "So'g'diyona" (17-tur) uchrashuvlarda sariq kartochka bilan jazolangan. Bu holat PFL rasmiy saytida ham e'lon qilingan.




Biroq 18-tur diskvalifikaciyalari ro'yxatida Orifov qayd etilmagan va klubga bu borada xat yuborilmagan.
"So'g'diyona" murabbiylari esa futbolchini "Lokomotiv" bilan o'yinga tushirib yuborishgan. Bunday holat uchun kim javob berishi kerak? PFLmi, komissarmi yoki "So'g'diyona"mi?



