Superliga. Birinchi davrada eng ko'p penalti tepgan, eng ko'p qizil olgan jamoalar va boshqa faktlar

Iskandarov Abdulaziz
4 iyul 2024
Superligada mavsumning dastlabki qismi ortda qoldi.

Biz esa ayrim ma'lumotlar bilan o'rtoqlashishda davom etamiz. Quyida batafsil o'qishingiz mumkin.

- Birinchi davrada g'alaba qozonmagan yagona jamoa "Metallurg" bo'ldi.

- Mehmonda mag'lub bo'lmagan yagona jamoa "Andijon".

- O'z maydonida faqat ikki jamoa mag'lubiyatga uchramadi, ular "Nasaf" va "Navbahor".

- Eng ko'p mag'lub bo'lgan jamoa "Bunyodkor", "Lokomotiv" 7 ta mag'lubiyat.

- G'alabalar soni bo'yicha 3 ta jamoa yetakchi bo'ldi, "Nasaf", OKMK, "So'g'diyona" 7 tadan g'alaba mavjud. 

- Eng ko'p durang qayd etgan jamoalar "Andijon", "Navbahor", "Metallurg" 7 ta.

- Eng kam gol o'tkazgan jamoa "Nasaf" 9 ta, eng ko'p gol o'tkazgan jamoa "Bunyodkor" 24 ta.- Birinchi davrada faqat 4 ta futbolchi. avtogol qayd etdi, Azizbek Pirmuhammedov ("Surxon"), Ibrohim Yo'ldoshev ("Navbahor"),  Muxsin Ubaydullaev ("Neftchi"), Sardor Qulmatov ("So'g'diyona").

- "Bunyodkor" Superligada feyr-pley bo'yicha eng yomon jamoa bo'lib turibdi. Jamoa  futbolchilari 13 ta o'yinda 5 marotaba qizil kartochka bilan jazolandi.

- Birinchi davrada faqatgina "Navbahor" va "Dinamo" jamoasi futbolchilari maydondan chetlatilmadi. 

- Eng ko'p sariq kartochka olgan jamoa "Neftchi" bo'ldi 36 ta. 

- "Bunyodkor" futbolchisi Azizbek To'lqinbekov Superligada birinchi davrada maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo'ldi (17 yosh 1 oy, 00 kunlik)

- Eng yoshi katta futbolchi Anzur Ismoilov (39 yosh 2 oy 1 kunlik).

- Eng ko'p penalti tepgan jamoa "Navbahor" 5 ta, 4 tasi golga aylandi. 

- Darvozasiga eng ko'p 11 metrlik nuqta belgilangan jamoa "Qizilqum" 5 ta.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia