Superliga. Birinchi davra avgust oyida yakunlanadi

Alisher
3 avg 2020
Bugun Bunyodkor majlislar zalida Superliga klublari rahbari va PFL rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Superliga va Yoshlar ligasi musobaqalarining taqdiri muhokama qilindi. Unga ko'ra, har ikkala musobaqaning birinchi davradagi qolgan o'yinlari avgust oyida markazlashgan tartibda Toshkent va poytaxt viloyatidagi maydonlarda bo'lib o'tadi. Aytish kerak, AGMK, Metallurg, Bunyodkor, Lokomotiv hamda Paxtakor adolat yuzasidan o'z uchrashuvlarini neytral maydonlarda o'tkazadi. Yoshlar ligasi doirasidagi bellashuvlar qaysi maydonlarda o'tkazilishi hozircha noma'lum. Shuningdek, ikkinchi davra o'yinlari qaysi formatda davom ettirilishi ham noaniq.


AlisherMuallif
Manba: fcbunyodkor.com