Superliga-2019. Oxirgi uchta tur sanalari o'zgardi, Liga Kubogi finali noma'lum muddatga qoldirildi

Narzulla Saydullayev
21 okt 2019, 18:14
Oldinroq PFL 24-turdan o'rin olgan o'yinlarni qoldirishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.

O'zbekiston terma jamoasining JCH-2022 saralash bahslarida munosib ishtirok etishi va puxta tayyorgarlik ko'rishini taminlash maqsadida Superliganing noyabr oyidagi taqvimiga o'zgartirish kiritildi. Bu haqda PFL Superliga klublariga xat yuborgan.

24-tur o'yinlari 3-4 noyabrdan mos ravishda 23-24 noyabrga ko'chirildi.

25-tur bahslari 24 noyabrdan 27 noyabrga, 26-tur esa 27 noyabrdan 30 noyabrga ko'chirildi.

30 noyabr kuniga belgilanan O'zbekiston Liga kubogi finali esa noma'lum muddata qoldirildi.


Yangilangan taqvim shunday ko'rinish oldi:

24-tur
23 noyabr, shanba

METALLURG - DINAMO
QIZILQUM - BUXORO
QO'QON-1912 - AGMK
24 noyabr, yakshanba

BUNYODKOR - NAVBAHOR
ANDIJON - LOKOMOTIV
NASAF - PAXTAKOR
SURXON - SO'G'DIYONA

25-tur
27 noyabr, chorshanba

BUXORO - METALLURG
AGMK - QIZILQUM
DINAMO - SURXON
NAVBAHOR - LOKOMOTIV
ANDIJON - QO'QON-1912
PAXTAKOR - BUNYODKOR
SO'G'DIYONA - NASAF

26-tur
30 noyabr, shanba

ANDIJON - QIZILQUM
LOKOMOTIV - PAXTAKOR
NASAF - DINAMO
BUXORO - AGMK
METALLURG - SURXON
QO'QON-1912 - NAVBAHOR
BUNYODKOR - SO'G'DIYONA

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia