"So'g'diyona" Chernogoriya terma jamoasi a'zosi transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2024
Jamoa qishki transferlar oynasida o'z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

Chexiyaning "Yablonec" jamoasi safida 6 yildan buyon faoliyat yuritib kelgan tajribali hujumkor yarim himoyachi jizzaxliklar bilan shartnoma imzoladi.



Yovovich faoliyati davomida umumiy hisobda 275 uchrashuv maydonga tushib, 36 ta gol hamda 48 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Chernogoriya terma jamoasi uchun 54 ta o'yin o'tkazgan.

Yovovich o'tgan mavsum "Yablonec" tarkibida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta golli pasni yozdirib qo'ygan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати