Sofyan El Mesrar: "Pley-offda xatolar kechirilmaydi va musobaqa bilan xayrlashishga sabab bo'ladi"

Оқил Абдубарноев
22 sen 2024, 21:54
Futzal bo'yicha jahon chempionati "E" guruhi 3-turidan o'rin olgan Marokash – Portugaliya (1:4) uchrashuvidan so'ng marokashlik futzalchi Sofyan El Mesrar saytimizga intervyu berdi.

"Portugaliyaga qarshi og'ir o'yin o'tkazdik. Uchrashuvda ko'p xatoga yo'l qo'yganimiz sababli mag'lub bo'ldik. Mag'lubiyatimizning asosiy sababi shu. Endilikda xatolarimizni ko'rib chiqib, keyingi o'yinga qadar bartaraf etishga harakat qilamiz. Nafaqat tuzatishga harakat qilishimiz kerak, balki tuzatishimiz shart. Chunki pley-offda xatolar kechirilmaydi va musobaqa bilan xayrlashishga sabab bo'ladi", dedi Marokashning yagona goli muallifi.

Eslatib o'tamiz, Marokash guruhda ikkinchi o'rinni egallagan holda nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Afrika jamoasi ushbu bosqichda Eron bilan to'qnash keladi. 


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia