Sneyder: “U jim turib, o'z darajasini ko'rsatadigan vaqt keldi”

Eldor Akmurzayev
22 avg 2022
Niderlandiya TJ sobiq a'zosi Uesli Sneyder “Manchester Yunayted” forvardi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

“Rostini aytsam, uning atrofida ko'tarilgan shov-shuv qattiq jaxlimni chiqardi. Avvalroq, o'zim ham shunday vaziyatni boshdan o'tkazganman va o'ynagan vaqtimda men haqimdagi izohlardan hayron qolardim. Biroq, bu odamlarga yoqadi, ular o'qiydi va muhokama qilishadi. Ammo “Ron” bunday xabarlarga e'tibor bermasligi kerak, endi u jim turib, o'z darajasini ko'rsatadigan vaqt keldi”, deydi Sneyder.

Eslatib o'tamiz, mavsum startini omadsiz boshlagan “Manchester Yunayted”ni bugun “Liverpul”ga qarshi jiddiy sinov kutmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Veronica Offside