"Manchester Siti" "Roma" o'yinchisi uchun 50 mln evro berishga tayyor

Alisher Ostonov
14 fev 2026, 14:00
"Manchester Siti" "Roma" himoyachisi Uesli Vinisius bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, "Siti" 22 yoshli braziliyalikning jismoniy kuchi, yuqori pressingi va to'p nazorati tizimiga moslasha olishini qadrlaydi.

Inglizlar futbolchi uchun 50 million evro berishga tayyor.

Uesli "Roma"da 2025 yilning iyulidan buyon o'ynab kelmoqda. U 2025/26 yilgi mavsumda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 35 million evroga baholagan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Fichajes