Uesli Sneyder: "Hozir "Oltin to'p" mezonlari mening davrimdagiga qaraganda mantiqliroq"

Aslanov Jasurbek
3 dek 2025
"Inter" va Niderlandiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Uesli Sneyder "Oltin to'p" topshirishning zamonaviy mezonlarini adolatliroq deb hisoblaydi.

– 2010 yilda sizga faqat "Oltin to'p" etishmagandi, ammo ko'pchilik uchun, hatto Ispaniyada ham siz bunga loyiq edingiz...

– Hozir "Oltin to'p"da boshqacha mezonlar bor. Butun mavsum inobatga olinadi. Mening davrimda masala faqat dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim ekanligida edi. Krishtianu Ronaldu yoki Lionel Messi uchun uni yutib olish oddiy hol edi.

Bugungi kunda mavsum, erishilgan yutuqlar ko'proq qadrlanadi va menimcha, bunda mantiq ancha ko'p. Shu orqali turli futbolchilarda uni qo'lga kiritish imkoniyati ko'proq bo'ladi, – dedi Sneyder.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca