

O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi. Fabio Kannavaro shtabiga italiyalik sobiq futbolchi Rolando Byanki qo'shildi. Sobiq hujumchi Byanki murabbiylar shtabida hujumchilar bilan ishlaydi.
Rolando Byanki faoliyati davomida "Atalanta", "Kalyari", "Redjina", "Manchester Siti", "Lacio", "Bolonya" va "Malorka" kabi klublarda to'p tepgan. Futbolchi faoliyati davomida 392 bahsda ishtirok etib, 111ta gol urishga muvofaq bo'lgan. Byanki faoliyati davomida havodagi kurashlarda samarali harakat qilishi bilan mashhur bo'lgan. A Seriyaning 2006/2007 yilgi mavsumida 37 uchrashuvda 18ta gol urib, to'purarlar ro'yxatidan joy olgan.
Eslatib o'tamiz, Fabio Kannavaro yanvar oyida Dubay shahrida o'tkazilgan yig'inlarda yana bir murabbiy Paolo Kannavaroni yig'inlarga jalb etgan edi.




