"Xorazm" futbolchisi terma jamoadan chaqiruv oldi

Sherzod Nurmatov
5 may 2026, 14:33
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Xorazm” professional futbol klubi futbolchisi Diyor Ortiqboev O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'iniga chaqiruv oldi.

2.jpg

FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida o'tkazilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inlari hamda xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida Diyor Ortiqboev terma jamoa sharafini himoya qiladi.

Ma'lumot uchun: terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Cannavaro Xorazmda bo'lib o'tgan “Xorazm” – “Neftchi” uchrashuvini stadiondan bevosita kuzatib borgan edi”, – deyiladi xabarda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Хоразм" матбуот хизмати