Kannavaro "Xorazm" – "Neftchi" o'yinini stadionda kuzatadi

Sherzod Nurmatov
23 apr 2026, 14:15
Ertaga, 24 aprel kuni Superliganing 9-tur uchrashuvi doirasida “Xorazm” va “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi bahsga O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi - Fabio Kannavaro tashrif buyuradi.

Bu haqda “Xorazm” matbuot xizmati ma'lumot berdi.

“Demak, ertaga bizni haqiqiy futbol shousi - shiddat, kurash va keskin vaziyatlarga boy uchrashuv kutmoqda!

Barchangizni ertaga soat 19:00 da "Xorazm" sport majmuasida kutib qolamiz!”, – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Хоразм" матбуот хизмати