O'lmasaliev, Ortiqboev, Jaloliddinov, Temirov... O'zbekiston MTJ yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
5 may 2026, 14:42
O'zbekiston milliy terma jamoasi 6-26-may kunlari Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi.

Milliy futbol markazida tashkil etiladigan yig'in doirasida terma jamoa Superliga klublariga qarshi yopiq nazorat uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Fabio Kannavaro tomonidan mazkur yig'inga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxati bilan tanishing.

Darvozabonlar: Vladimir Nazarov (“Paxtakor”), O'tkir Yusupov (“Navbahor”), Botirali Ergashev (“Neftchi”), Abduvohid Ne'matov (“Nasaf”)

Himoyachilar: Ibrohimhalil Yo'ldoshev (“Neftchi”), Avazbek O'lmasaliev (OKMK), Jahongir O'rozov (“Dinamo”), Rustam Ashurmatov (“Istiqlol”, Eron), Muhammadqodir Hamraliev (“Paxtakor”), Umar Eshmurodov (“Nasaf”), Abduqodir Husanov (“Manchester Siti”, Angliya), Abdulla Abdullaev (“Dibba”, BAA), Farruh Sayfiev (“Neftchi”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Sherzod Nasrullaev (“Paxtakor”), Muhammadrasul Abdumajidov (“Paxtakor”), Behruz Karimov (“Surxon”), Diyor Ortiqboev (“Xorazm”)

Yarim himoyachilar: Quvondiq Ro'ziev (“Navbahor”), Sherzod Esanov (“Buxoro”), Nodir Abdurazzoqov (OKMK), Odil Hamrobekov (“Traktor”, Eron) Umarali Rahmonaliev "(“Sabah”, Ozarbayjon), Alisher Odilov (“Neftchi”), Sardor Bahromov (“Nasaf”), Akmal Mozgovoy (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Baniyas”, BAA), Jamshid Iskanderov (“Neftchi”), Jasur Jaloliddinov (“So'g'diyona”), Aziz G'aniev (“Al Bataeh”, BAA)

Hujumchilar: Abbos Fayzullaev (“Istanbul Bashakshehir”, Turkiya), Jaloliddin Masharipov (“Istiqlol”, Eron), Doston Hamdamov (“Paxtakor”), Oston O'runov (“Persepolis”, Eron), Ruslan Jiyanov (“Navbahor”), Aziz Amonov (“Dinamo”), Husayn Norchaev (“Navbahor”), Sherzod Temirov (“Erbil”, Iroq), Igor Sergeev (“Persepolis”, Eron), Eldor Shomurodov (“Istanbul Bashakshehir”, Turkiya)

2.jpg


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати