Simone Inzagi "Inter" bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Aslanov Jasurbek
4 may 2022
"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi klub bilan shartnomani 2024 yilning yoziga qadar uzaytirishga yaqin.

Amaldagi kelishuv kelasi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Klub 46 yoshli mutaxassisning ushbu mavsumdagi ishlaridan mamnun. Klub uning maoshini 4dan 5,5 mln evroga qadar oshirmoqchi.

"Inter" ayni damda A Seriyada chempionat yakunlanishiga uch tur qolganda "Milan"dan ikki ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport