Simeone: "Luis Suares - "Atletiko"ning muvaffaqiyat kaliti"

Alisher
3 noya 2020, 17:51
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone YCHL doirasidagi "Lokomotiv" (Moskva)ga qarshi o'yin oldidan jamoaning kuchli tomonlari haqida gapirdi.

"Luis Suares - "Atletiko"ning muvaffaqiyat kaliti. Biz anchadan beri shunday xaraktyerdagi odamni qidirgandik. Raqibni taslim etish uchun Suaresning oldida ko'proq sheriklari bo'lishi kerak. Bu bizning maqsadimiz.

"Atletiko" tez-tez ko'p futbolchilarga moslashadi, hozir esa bizda Luis paydo bo'ldi", - deydi argentinalik murabbiy.

33 yoshli urugvaylik futbolchi joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal