

"Biz yakuniy natijadan juda faxrlanamiz. O'yin oson kechmadi, lekin biz o'z futbolimizni ko'rsata oldik va pley-offga chiqdik.
Serbiya – tajribali, xarakterga ega jamoa. 1:2 hisobidan keyin o'zimizga kelib olganimiz va o'yinda g'alaba qozonganimiz ajoyib bo'ldi", – dedi shveytsariyalik posbon.
Eslatib o'tamiz, Shveytsariya 1/8 finalda Portugaliya bilan bahs olib boradi. Uchrashuv 7 dekabr kuni 23:59 da boshlanadi.



