Shota Arveladze "Fatih Karagumruk"da ish boshladi. Biroq klub uni rasman tanishtirgani yo'q

Narzulla Saydullayev
13 dek 2023
"Paxtakor" klubidagi faoliyati orqali o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Shota Arveladze Turkiyaning "Fatih Karagumruk" klubi bosh murabbiyi bo'ldi.

Kuni kecha klubning instagramdagi sahifasida Shota Arveladze bilan kelishuvga erishilgani haqida post chiqdi. Kecha gruziyalik mutaxassis yangi jamoasi bilan ilk mashg'ulotni ham o'tkazishga ulgurdi. Biroq negadir "Fatih Karagumruk" Shota Arveladzeni rasman bosh murabbiy sifatida tanishtirgani yo'q. 

Ushbu klubda O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Otabek Shukurov ham faoliyat olib borishidan xabaringiz bor. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: instagram.com/karagumruk_sk