SHOK! RB Leyptsig Avstriya klubi tufayli YCHLdan quruq qolishi mumkin

Narzulla Saydullayev
14 may 2017
Avstriya chempionatining 33-turida Red Bull Zalcburg Venaning Rapid klubini mag'lub etdi (1:0).

Chempionat tugashiga 3 tur qolganida Zalcburg klubi ketma-ket to'rtinchi va tarixdagi 11-chempionlik sovrinini yutdi.

Endi UEFA Red Bull kompaniyasiga tegishli bu klublardan qaysi biri kelasi mavsum YCHLda ishtirok etishini hal qilishi kerak. Qoidaga ko'ra bir xo'jayinning klublari bir musobaqada ishtirok eta olishmaydi.

UEFA reglamentiga ko'ra o'z chempionatida yuqoriroq o'rinni olgan klub musobaqaga qo'yilishi mumkin. RB Leyptsig bundesligada ikkinchi o'rinni oldi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com