Flik “Atletiko" bilan 0:2 hisobidagi o'yindan keyin: "Barselona"ga mo'jiza kerak emas - shunchaki o'z futbolini o'ynash kerak. Biz bunga qodirmiz”

12 apr 2026, 11:38
Xans-Diter Flikning fikricha, "Barselona" Chempionlar ligasi 1/4 finalining birinchi o'yinida 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan "Atletiko"ni mag'lub etish uchun o'z futbolini o'ynashi kerak.

"Biz "Metropolitano”ga borib, "Atletiko" bilan yaxshi jang qilmoqchimiz.

Bizga mo'jiza kerak emas - faqat o'z futbolimizni o'ynashimiz kerak. Biz bunga qodirmiz. Imkoniyatlar bor.

Bilaman, "Atletiko" ajoyib jamoa, lekin biz ham shunaqamiz. Biz kurashamiz va ishonchim komilki, muxlislar bizni u yerda qo'llab-quvvatlaydilar”, - dedi "Barselona" bosh murabbiyi "Espanol” ustidan qozonilgan yirik derbi g'alabasidan so'ng (4:1).


Manba: As