Shohruh Gadoev: "Qarorimni "Buxoro"dagi muxlislar to'g'ri qabul qiladilar deb o'ylayman"

Aziz Tukhtamuradov
26 iyul 2017
"Bunyodkor"ga qaytgan Shohruh Gadoev tanishtiruv marosimidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bunyodkor" safiga qaytganimdan xursandman. Oldimizga katta maqsadlar qo'yilgan. Nasib qilsa, bularning barchasiga erishishga harakat qilamiz.

Taklifni qabul qilishdan oldin "Buxoro"dagi murabbiylar bilan maslahatlashdim. Ular bilan kelishgan holda "Bunyodkor" safiga keldim.

To'g'risisni aytsam, bu taklifni o'zim ham kutmagandim. "Buxoro"dagi muxlislar bu qarorimni to'g'ri qabul qiladilar deb o'ylayman. Murabbiylar Ulug'bek Baqoev, Baxtiyor Ashurmatovlarga ham meni qo'yib yuborganlari uchun rahmat aytaman", - deydi Gadoev.



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia