“Shaxtyor” Mudrikning narxida qatiy qoladi

Doneckning “Shaxtyor” klubi so'nggi paytlarda Yevropaning bir qator top-klublari e'tiboriga tushgan Mixail Mudrikning narxini pasaytirmaydi.

“Arsenal” futbolchining agentlari bilan transfer borasida bog'langan. Ammo Ukraina tomoni 50 mln evrodan kamiga futbolchisini qo'yib yubormoqchi emasligini bildirgan. U yozgi oynadayoq “to'pchilar” safiga borib qo'shilishi mumkin edi. Biroq o'shanda ham tomonlar transfer summasiga kelisha olishmagan.

21 yoshli vinger chorshanba oqshomida Shotlandiya termasiga yirik 3:0 hisobida mag'lub bo'lgan Ukraina tarkibida harakat qildi.


Manba: twitter.com/fabrizioromano