Gruziyalik futbolchi faoliyatini "Surxon"da davom ettirishga yaqin

Khoja
4 yanv 2026, 08:53
Gruziyalik tayanch yarim himoyachisi Mixail Basheleyshvili "Surxon"ga o'tmoqda.

Tomonlar o'zaro kelishuvga erishgan. Bu haqda Tolibjon Qosimov o'zining kanalida ma'lum qildi.

Gruziyalik yarim himoyachi 2025 yil Gruziya chempionatida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va bitta assist qayd etgan. Transfermakt nashri futbolchini 100 ming evroga baholagan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia