

"Qiyin uchrashuv o'tkazdik. G'alabani o'zimizniki qilishimiz kerak edi, lekin durang ham yomon natija hisoblanmaydi. "Nasaf" ko'proq himoyalandi. Jamoamizda esa gol urish uchun ko'proq vaziyat yuzaga keldi. Mavsum tugashiga 2 ta tur qoldi. Hayajonli palla yaqinlashyapti. "Surxon" bilan o'yinda g'alaba qozonib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Chempionlikni oxirgi turgacha cho'zmaymiz", – dedi Shahzod Azmiddinov.
Ma'lumot uchun, "Paxtakor" Superligadagi navbatdagi uchrashuvini 24 noyabr kuni o'z maydonida "Surxon"ga qarshi o'tkazadi.



