Shahboz Umarov “Turon“ bilan xayrlashdi. Uning keyingi jamoasi vodiy klubi bo'lishi mumkin

Khoja
24 iyun 2025
Qozog'istonning “Turon“ jamoasidan yana bir o'zbekistonlik futbolchi tark etdi.

Shahboz Umarov o'zining "Instagram" sahifasida qozog'istonliklarni tark etgani haqida xabar berdi. Narzulla Saydullaevning ma'lum qilishicha, Shahbozning navbatdagi jamoasi “Neftchi“ klubi bo'ladi. Farg'onaliklar futbolchiga jiddiy qiziqish bildirishmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq moliyaviy qiyinchiliklar sababli “Turon“ni Xurshid Muxtorov, Odiljon Abdumajidov va Behruz Asqarov kabi o'zbekistonlik futbolchilar ham tark etgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia