Rasman. Shahboz Umarov "Bunyodkor" futbolchisi

Khoja
10 yanv 2026, 08:41
So'nggi mavsumni Qozog'istonda o'tkazgan Shahboz Umarov 5 yillik tanaffusdan so'ng yana Superligaga qaytdi.

U "Bunyodkor" jamoasi bilan sharnoma imzoladi.

Umarov faoliyati davomida  OKMK, "Energetik-BGU", BATE, "Ordabasi", "Turon" "Tobol" jamoalari libosida to'p tepgan. 

Hujumkor yarim himoyachi faoliyati davomida 180 ta bahsda maydonga tushib, 18 ta gol va 23 ta assist qayd etgan.

26 yoshli futbolchi faoliyati davomida "Ordabasi" bilan Qozog'iston chempionatida oltin medallarga ega chiqqan.  Shuningdek, Belarus, Qozog'iston va O'zbekiston kabi mamlakatlar kubogi sohibiga aylangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: @fcbunyodkorofficial