Keza: "Doimiy o'ynashni xohlayman, "Liverpul” bilan bu borada gaplashaman"

6 iyun 2026, 12:38
"Liverpul” hujumchisi Federiko Keza o'zining ingliz jamoasidagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

“Doimiy o'ynashni xohlayman, agar APLda o'ynay olmasam, buni boshqa joydan qidiraman. "Liverpul"dagi birinchi yilimda deyarli o'ynamadim. [Klub bilan] AQSH bo'ylab sayohatga chiqaman, keyin esa klub vakillari va yangi murabbiy Iraola bilan gaplashaman”, - dedi Keza.

Keza 2025/26 yilgi mavsumda 36 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 28 yoshli italiyalikning "Liverpul” bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport