Shahboz Umarov jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
11 apr 2025
Turkistonning "Turon" futbol klubi asosiy futbolchisini yo'qotdi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, Shahboz Umarov mashg'ulotlar vaqtida olgan jarohati sabab bo'lajak o'yinlarda ishtirok eta olmaydi. Tibbiy shtabning ma'lum qilishicha, o'zbekistonlik vinger son qismidagi jarohat tufayli 2 haftaga safdan chiqqan.

U joriy mavsum QPLda 3 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi hamda 2 ta golga assistentlik qildi.

"Turon" 4 o'yindan so'ng 6 ochko jamg'arib, musobaqa jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda. Turkistonliklar navbatdagi o'yinni o'z maydonida 20 aprel kuni "Ostona"ga qarshi o'tkazadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fc-turan.kz