

U xavfli tarzda avtomobil boshqargani, "kuldiruvchi gaz" saqlagani va istemol qilgani, shuningdek, tibbiy ko'rikdan o'tishdan bosh tortgani uchun jazolandi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Sterlingga 100 soatlik jamoat ishlari va ikki yil muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish jazosi ham tayinlangan. Bundan tashqari, sud unga 18 oylik sinov muddatini belgiladi.
Eslatib o'tamiz, bahorda Sterling o'zining Lamborghini avtomobilida YTHga uchragan edi: u trassadagi to'siqlarga borib urilgan. Policiya Rahimning yonidan nafas olish uchun mo'ljallangan "kuldiruvchi gaz" ballonlarini topgan. Shu bilan birga, futbolchi hibsga olinganidan so'ng tahlil topshirishdan bosh tortgan.
Ayni damda Sterling erkin agent maqomida yuribdi. Uning so'nggi klubi Niderlandiyaning "Feyenoord" jamoasi bo'lgan.



