Sergey Lushan: "G'alaba qozondik va bundan xursandmiz"

Narzulla Saydullayev
15 apr 2018
O'zbekiston Kubogi 1/16 finali doirasidagi "So'g'diyona" - "Metallurg" (1:0) uchrashuvilan so'ng mezbonlar ustozi Sergey Lushan o'z fikrlarini bildirdi.

- Og'ir o'yin o'tkazdik. Ob-havoning "injiq"ligi qaysidir manoda o'z ta’sirini o'tkazdi. O'yinda yaratilgan ko'plab  vaziyatlardan biridan foydalana oldik.

Raqib esa o'yin oxirida hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Ammo omad biz tomonda edi. G'alaba qozondik  va bundan xursandmiz.

Bugundan boshlab Superliga doirasidagi "Lokomotiv"ga qarshi tayyorgarlik boshlanadi. "Lokomotiv" - O'zbekistondagi eng kuchli jamoalardan biri, menimcha. Tarkibimizda bir qator futbolchilar jarohatini davolash bilan band. Albatta Toshkentdagi bahsda ochko olishga harakat qilamiz. Oldimizda turgan hozirgi asosiy maqsadimiz - qiyin vaziyatdan chiqib kyetish", - deydi Lushan.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати