

Marokash bilan o'ta dramatik o'yindan (1:0) so'ng davlat rahbari Bassiru Diomay Fay senegal xalqiga murojaat etib, 19 yanvarni ish haqi saqlangan holda davlat bayrami va dam olish kuni deb e'lon qildi.
Shu tariqa, bugun Senegalning millionlab aholisi ishga chiqmaydi va butun mamlakat bo'ylab terma jamoaning Afrika Kubogidagi ikkinchi g'alabasini nishonlash imkoniga ega bo'ladi.



