Enrike Diasni himoya qildi va uni Zidan bilan taqqosladi

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2026
Afrika Millatlari Kubogi finalida amalga oshirilmagan muvaffaqiyatsiz penalti Marokash terma jamoasi yetakchisi Braim Diasga nisbatan katta tanqidlarga sabab bo'ldi.

Biroq vingerning murabbiyi Luis Enrike bu holatni fojia deb hisoblamaydi.

PSJ ustozi hatto Zinedin Zidan kabi ulug' futbolchilar ham xatoga yo'l qo'yganini ta'kidlab, bundan dahshatga tushmaslik kerakligini bildirdi.

"Bugun avtobusda shu haqda gaplashdik. Hamma Braim haqida gapiryapti, lekin men Jahon chempionati finalida xuddi shu holatga tushgan, futbol ilohi bo'lgan Zidanni eslayman. Shuningdek, penaltini shunday usulda ijro etgan Serxio Ramosni ham eslayman.

Agar shedevr ursang, hamma qarsak chaladi. Ammo adashsang, salbiy fikrlar ko'payib ketadi", – dedi Enrike.

Avvalroq Braim Dias Afrika Kubogi finalidagi mag'lubiyatdan so'ng uzr so'ragan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: France 24