Sautgeyt: "Maguayr o'ynamasa ham tanqid qilinadi"

Sherzod Nurmatov
10 okt 2023
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Harri Maguayrni yana bir bor qo'llab-quvvatladi.

"Murabbiyning vazifasi – o'z futbolchilarini himoya qilish. Maguayrga g'alati munosabatda bo'lishmoqda. "Manchester Yunayted" hafta o'rtasida mag'lub bo'lganida, gazeta sarlavhasida stadionga kelgan futbolchilarning rasmlarini ko'rdim. Ular, shuningdek, o'yinda ishtirok etmagan Maguayrning mashinadagi suratidan ham foydalanishgan. Bu ma'lum darajada ongsiz ravishda sodir bo'ladi.

Albatta, bizda oldin ijtimoiy tarmoqlar yo'q edi, shuning uchun endi dinamika o'zgardi, bu boshqa ommaviy axborot vositalarining reakciyasini kuchaytiradi. Aytganimdek, men ilgari bunday narsani ko'rmaganman", – dedi Garet Sautgeyt. 

Eslatib o'tamiz, Harri Maguayr "Manchester Yunayted" asosiy jamoasida kamdan-kam maydonga tushadi, ammo Angliya terma jamoasi uchun muhim futbolchi bo'lib qolmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian