Sautgeyt Angliya terma jamoasi bilan xayrlashadimi?

Sherzod Nurmatov
5 sen 2023
Mutaxassis terma jamoani tark etishi mumkin.

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Evro–2024 dan keyin terma jamoani tark etish haqida o'ylamoqda. 

Bu haqda jurnalist Sem Mokbel xabar berdi.

Mutaxassisning Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) bilan shartnomasi 2024 yilning oxirigacha tuzilgan. Tomonlar kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormayapti.

Mish-mishlarga ko'ra, agar Sautgeyt Evrodan keyin jamoani tark etishga qaror qilsa, FA "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan kelishuvga erishmoqchi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail