

23 yoshli futbolchiga "Al Ahli", "Neom" va "Al Nassr" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Nomi keltirilgan jamoalarning dastlabki ikkitasi hujumchi uchun 80 million evro to'lashga tayyorligini ma'lum qilgan.
Qiziqig'i, ushbu transferdan MYU ham katta foyda ko'rishi mumkin. Sababi "qizil iblislar" futbolchining keyingi transferidan 50 foiziga ega bo'lishi haqida band bor.
Ma'lumot uchun, Grinvud o'tgan mavsum 36 ta uchrashuvda 22 ta gol urdi va yana 6 ta golga assist bo'ldi. Futbolchining Fransiya jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



