Saudiya Arabistoni klublari Fermin Lopesga qiziqish bildirmoqda. "Bavariya" ham futbolchini o'z safida ko'rmoqchi

Administrator
20 iyun 2025
Fermin Lopes Saudiya Arabistoni klublarining diqqat markazida.

ESPN ma'lumotiga ko'ra, "Barselona" yarim himoyachisiga Saudiya Arabistoni mamlakati klublari qiziqish bildirmoqda. Aynan qaysi klub Ferminga qiziqish bildirayotgani ma'lum emas. Shuningdek, 22 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini "Bavariya" ham ko'rib chiqmoqda, bu haqda avvalroq xabar berilgandi.

Kataloniya klubi va futbolchining o'zi hozircha transferga qiziqish bildirmayapti va hamkorlikni davom ettirish niyatida.

O'tgan mavsumda Lopes La Ligada 28 ta o'yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. 


AdministratorMuallif
Manba: ESPN