Sarri: "Penalti? Bilmayman, men hakam bo'lishni xohlamayman"

Tolibjon Qosimov
27 avg 2018
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri jamoasining APL 3-turi doirasida "Nyukasl" ustidan qozongan g'alaba (2:1)si haqida gapirdi.

"Biz bugun yaxshi o'ynadik. Lekin, g'alaba qozonish juda qiyin bo'ldi. Penalti? Men bilmayman, men hakam bo'lishni xohlamayman.

Azar yaxshi o'ynadi, lekin u faqat 80 daqiqa o'ynaganida yaxshiroq bo'lardi (Eden bahsni to'liq o'tkazdi). Kovachich esa almashtirishni ertaroq so'ragan edi (Mateo 79-daqiqada o'zgartirildi)", - dedi Sarri.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports