

Shoahmedovga bir qator klublardan qiziqishlar bo'lmoqda. Sanjar Shoahmedov kelajagi borasida bir to'xtamga kelmaganini bildirdi.
“Qatarning “Al Sayliya” jamoasi bilan shartnomam nixoyasiga etdi. Hozircha menga Toshkentning “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari jiddiy taklif bilan chiqishdi. Bundan tashqari BAA, Qatar va Eron davlati klublaridan ham qiziqishlar bo'lmoqda. Hozircha qaysi jamoaga o'tishim haqida bosh qotiryapman. Faoliyatimni qaysi klubda davom ettirishimni yaqin kunlarda bilib olasizlar”, - deydi Sanjar Shoahmedov

Jahongir Sotvoldiev yozib oldi.


