Sampaoli Xorvatiyaga qarshi o'yinda birdaniga 3 o'zgarish qilishi mumkin

Mirjalol Normatov
19 iyun 2018, 17:35
Argentina termasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Xorvatiyaga qarshi bahsda asosiy tarkibda bir necha o'zgarishlar qilishi mumkin.

Argentinaning "Ole" nashri xabariga ko'ra, terma ustozi Xorvatiyaga qarshi uchrashuvda himoyachi Markos Roxo, yarim himoyachi Lukas Bilya va vinger Anxel Di Mariyaning xizmatlaridan foydalanmoqchi emas.

Ularning o'rnini Gabriel Merkado, Markos Akunya va Kristian Pavon egallashlari mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Ole