"Salernitana" "Roma" hujumchisini qo'lga kiritish uchun muzokaralarni boshladi

Оқил Абдубарноев
10 avg 2022, 23:28
Italiyaning "Salernitana" klubi oldingi chiziqni kuchaytirmoqchi.

Taniqli insayder Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, "Salernitana" "Roma" hujumchisi Feliks Afena-Gyanni ijaraga olish bo'yicha muzokaralarni boshladi.

Rimliklar 19 yoshli ganalik forvardni etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun vaqtinchalik qo'yib yuborishi mumkin. Qolaversa, "bo'rilar" tarkibiga Andre Belotti kelib qo'shilishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Afena-Gyan o'tgan mavsum A Seriya doirasida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira