"Bavariya" sobiq murabbiyi qozoq jamoasini boshqarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
23 fev 2026
Ilgari "Bavariya", "Shalke" va "Fulxem" kabi klublarda ishlagan 72 yoshli Feliks Magat Qozog'istonning "Aktobe" jamoasi bilan muzokaralar olib bormoqda.

"AS News"ning xabar berishicha, nemis mutaxassisi hozir Antaliyada bo'lib turibdi. Tomonlar ayni paytda ehtimoliy hamkorlik shartlarini muhokama qilmoqda.

2004-2007 yillar orasida Magat Myunxenning "Bavariya" jamoasiga murabbiylik qilgan. Keyinchalik "Volfsburg", "Gerta" va "Fulxem" kabi jamoalarda faoliyat yuritgan.

Hozirda esa Magat Germaniya chempionatining to'rtinchi divizionida o'ynaydigan "Ashaffenburg" klubida sport direktori lavozimini egallab turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS News