

"Men "Chelsi"da baxtli edim, bu top-klub, lekin men o'zim uchun to'g'ri deb bilgan ishni qilishim kerak edi. Jahon chempionatiga borish hal qiluvchi rol o'ynadi. Jahon chempionatlari har to'rt yilda bir marta o'tkaziladi, men o'ynamagan bo'lsam-da, "Chelsi"da o'tkazgan vaqtimdan zavq olganman, shuning uchun shunday qaror qabul qildim", - dedi Feliks.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning yozida "Al Nassr" 25 yoshli portugaliyalikni "Chelsi"dan 30 million evro + 20 million evro bonuslar evaziga o'tganini rasman tasdiqlagan edi. Joriy mavsumda Saudiya klubi safida Joau 37 ta o'yin o'tkazib, 21 ta gol urdi va 15 ta golli pas berdi.



