Sakki: "Barselona" futbolchilari "Yuventus"ga qarshi bahsda maydonda nima qilishni bilishmadi"

Aslanov Jasurbek
13 apr 2017
Italiyalik murabbiy Arrigo Sakki Chempionlar ligasi 1/4 final ikl uchrashuvida "Yuventus"ning "Barselona" ustidan qozongan g'alabasi (3:0) haqida fikr bildirdi.

"Natijadan hayron bo'lmadim, aksincha. Birinchi daqiqalardan "Barselona" odatdagi Kataloniya klubi emasligini sezdim. Ular maydonda nima qilishni bilishmadi, harakatlanishmadi, shunchaki joylarida turib, to'pni kutishdi. Qanday qilib bunday o'ynash mumkin?

"Yuventus" PSJ yo'lidan boradi deb o'ylamayman, ular kuchli, juda kuchli. Ikkinchi bahsda birinchisi kabi o'ynash juda muhim" - deydi Sakki.

"Barselona" hamda "Yuventus" o'rtasidagi javob uchrashuvi 19 aprel kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport