Donadoni: "Milan"dagi muvaffaqiyatlarim sababchisi - Sakki"

Mirjalol Normatov
19 noya 2023
"Milan"ning sobiq futbolchisi Roberto Donadoni faoliyatining eng yuqori nuqtasini Arrigo Sakki davrida o'tkazganini aytdi.

Uning so'zlariga ko'ra, aynan "Milan" ustozi sababli katta muvaffaqiyatlarga erishgan.

"Odamlar doimo o'sha "Milan"ni yaxshi xotiralar bilan eslaydi. Bu to'g'ri mentalitetga ega jamoa bo'lgan. O'sha paytda "Milan"dagi muvaffaqiyatlarimning asosiy sababchisi - Arrigo Sakki. U barcha-barchaga mo'jizali onlarni taqdim qilgandi", - dedi Donadoni.

Shuningdek, u ayni damdagi "Milan"ning yetakchisi sifatida Rafael Leauni aytib o'tdi.

"Leauning muxlisiman, u sifatli o'yin namoyish qilmoqda. Biroq Rafaning yanada tezroq rivojlanishini va oldinga qadam tashlashini istardim. Nafaqat oyoqda, balki, miyasi bilan ham tezroq bo'lishi kerak. O'shandagina u yanada sovuqroq, daxshatliroq qurolga aylanadi", - dedi Donadoni.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia