Sakki: "Leau mening jamoamda o'ynamagan bo'lardi"

Mirjalol Normatov
22 okt 2023
"Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Arrigo Sakki jamoaning yetakchisi Rafael Leau haqida fikr bildirdi.

"U mening jamoamda o'ynamagan bo'lardi.

Jamoamga kimnidir olib kelishdan oldin, juda ko'p kuzatardim. Agarda siz kerakli jihatlar bilan tug'ilmasangiz, jamoaning darajasiga mos tushish juda qiyin bo'ladi.

Leau yaxshi futbolchi. Biroq tarkibdagi 11 futbolchi o'z poziciyasi uchun kurashishi kerak bo'ladi. Mening jamoamda esa barcha yugurgan", - dedi "Milan"ning sobiq ustozi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal