Sakki: "Yuventus"ga qarshi bahsda "Milan" Ronalduni o'yindan uzib qo'yishi kerak"

Aslanov Jasurbek
10 noya 2018
"Milan" sobiq ustozi Arrigo Sakki A Seriyaning 12-turida "rossonerlar" hamda "Yuventus" o'rtasidagi o'tkaziladigan bahsda mezbonlar g'alaba qozonishi uchun nima qilish kerakligini aytdi.

"Jarohatlar tufayli "Milan" qiyin ahvolda, ammoa jamoa "Yuventus"ga qarshi bahsda qo'rquvni ko'rsatmasligi lozim. "Milan" ilk daqiqalardan hujumga o'tadi deb o'ylamayman, ammo uchrashuvni to'liq himoyada o'tkazish fikriga qarshiman. Balans kerak.

Gattuzo - fenomen. U "Milan"ga jamoaviy ruxni qaytardi. Uning jamoasi pozitiv o'yin ko'rsatmoqda. Biroz tezlik va pressing etishmayapti. Gattuzo futbolchilarga "Milan" safida o'ynash nima ekanligini tushuntirib qo'ydi.

Ronalduni butun jamoa bilan qo'riqlash kerak. Men boshqargan "Milan" Maradonasi bor "Napoli" bilan o'ynaganda, jamoaga Diegoni to'psiz qoldirish kerakligini aytdim. Ijobiy natijaga erishishning yagona yo'li - pressing. Ronalduning o'yindan uzib qo'yish kerak" - deydi Sakki.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport